Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

GTA VI bir haftada 4,7 milliard dollar daromad keltirdi

GTA VI bir haftada 4,7 milliard dollar daromad keltirdi

Rockstar Games kompaniyasining Grand Theft Auto VI (GTA VI) videoo‘yini sotuvga chiqarilganidan keyingi bir hafta ichida taxminan 4,7 milliard dollar daromad keltirdi.

Playground nashri Alinea Analytics tahlilchisi Ris Elliottning hisob-kitoblariga tayanib xabar berishicha, dunyo bo‘ylab o‘yinning 53 million nusxasi sotilgan.

Jami sotuvlarning 75,7 foizi PlayStation 5 konsollari hissasiga to‘g‘ri kelgan. AQSh esa umumiy sotuvlarning 33,5 foizini ta’minlagan.

Qariyb 250 ming nafar geymer bir hafta ichida GTA VI o‘yinida 100 soatdan ortiq vaqt o‘tkazgan.

Kiritildi: 11:28 28.11.2026. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik