Gruziya Ichki ishlar vazirligi (IIV) Migrasiya departamenti xodimlari maxsus nazorat choralari natijasida 55 nafar chet el fuqarosini hibsga oldi.
Gruziya IIVsi xabar berishicha, operasiyalar noqonuniy migrasiyaga qarshi kurash doirasida mamlakat bo‘ylab turli joylar va hududlarda o‘tkazildi.
Natijada Rossiya, O‘zbekiston, Turkiya, Belarus, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Iordaniya, Kot-d'Ivuar, Bangladesh, Turkmaniston va Pokiston fuqarolari hibsga olindi.
Tergov shuni ko‘rsatdiki, bu shaxslar Gruziyada bo‘lishlari uchun hech qanday qonuniy asosga ega emas va Chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi qonunni buzgan.
Hibsga olinganlar hozirda departamentining vaqtinchalik saqlash hibsxonasida saqlanmoqda. Tegishli deportasiya tartib-qoidalari amalga oshirilmoqda.