Gruziya banki (Bank of Georgia) kartalariga ega bo‘lgan Rossiya fuqarolari uchun 300 yevrodan yuqori bo‘lgan xaridlarga cheklovlar joriy etilishi xalqaro sanksiyalarga rioya qilish zarurati bilan bog‘liq, dedi bank matbuot xizmati vakili.
Bu haqda TASS xabar bermoqda.
"Gruziya banki AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tomonidan joriy etilgan sanksiyalar talablariga amal qildi va amal qilmoqda," - deya ma’lum qildi agentlikka bank matbuot xizmati.
Avvalroq, Bank of Georgia Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan mijozlariga lyuks do‘konlarda 300 yevrodan ortiq xaridlarni cheklagani haqida xabar berilgan edi.