Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Gresiyada favqulodda holat e’lon qilindi

Gresiyada favqulodda holat e’lon qilindi

Gresiyaning Volos port shahrida tonnalab o‘lik baliqlar dengiz yuzasini qoplaganidan keyin favqulodda holat e’lon qilindi.

Bir oy muddatga favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror Iqlim inqirozi va fuqarolik muhofazasi vazirligi tomonidan qabul qilindi.

Hisobotga ko‘ra, 27 avgustdan beri olib borilayotgan tozalash ishlariga qaramay, ekologik vaziyat va kuchli hid aholi salomatligi, mahalliy iqtisodiyot va turizmga zarar yetkazishi haqida xavotir uyg‘otmoqda. Rasmiylar aholini mintaqa plyajlarida suzish va baliq ovlashdan tiyilishga chaqirdi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, baliq Volos shahri yaqinida joylashgan Karla ko‘lidan kelgan.

Ko‘l 1962 yilda bezgakka qarshi kurash doirasida quritilgan, biroq o‘tgan yili kuchli yomg‘ir va toshqinlar ko‘l yana to‘lib ketishiga sabab bo‘lgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Pagasit ko‘rfaziga oqib o‘tadigan daryoning og‘zida maxsus to‘siq inshootlari yo‘qligi sababli chuchuk suv baliqlarini suv toshqinlari yuvib ketgan va dengiz suviga tegib nobud bo‘lgan. Maxsus texnika yordamida qirg‘oq chizig‘idan 100 tonnadan ortiq o‘lik baliq olib tashlandi.

Kiritildi: 15:46 01.09.2024. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!