Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Gresiya Turkiyaga xalqaro sud bilan tahdid qilmoqda

Gresiya Turkiyaga xalqaro sud bilan tahdid qilmoqda

“Agar Turkiya bilan ziddiyat dialog orqali hal etilmasa, Gresiya Xalqaro suddan foydalanishi mumkin”, deya ma’lum qildi mamlakat Bosh vaziri Kiriakos Misotakis BMT Bosh assambleyasi 75-sessiyasining umumiy siyosiy munozaralarida.

Bu haqda TASS yozmoqda.

"Keling, gaplashamiz. Keling, suhbat orqali qabul qilinadigan yechimlarni qidiramiz. Keling, diplomatiyaga imkoniyat beramiz... Ammo oxir-oqibat bir qarorga kela olmasak, Gaaga shahridagi Xalqaro sudning donoligiga ishonishimiz kerak bo‘ladi”, dedi Misotakis.

Bosh vazir, shuningdek, Turkiyaning xatti-harakatlari xalqaro qonunlarni buzishini va mintaqa xavfsizligiga tahdid solishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Anqara va Afina o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi bir necha hafta ichida Turkiya kemasi Sharqiy O‘rta dengizida seysmik tadqiqotlar olib borganidan keyin keskinlashgan edi.

Kiritildi: 22:40 25.09.2020. O'qildi: 1763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!