Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Gresiya Yevropa Ittifoqining Qizil dengizdagi operasiyasini nazorat ostiga oladi

A A A
Gresiya Yevropa Ittifoqining Qizil dengizdagi operasiyasini nazorat ostiga oladi

Gresiya Mudofaa vaziri Nikos Dendias Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirliklari rahbarlarining yig‘ilishidan so‘ng Yevropa Ittifoqining Qizil dengizdagi amaliyotini Gresiya nazoratiga olishiga qaror qilinganini aytdi.

Bu haqda vazir X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) yozgan.

“Gresiya operasiya shtab-kvartirasi sifatida Larissadagi shtab-kvartirani taklif qilmoqda va shuningdek, operasiya ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olishga tayyor”, — deyiladi bayonotda.

Dendias Gresiyaning taklifi yig‘ilishning boshqa ishtirokchilari tomonidan ijobiy qabul qilinganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 01:36 01.02.2024. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!