Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Grenlandiya Bosh vaziri Daniyadan mustaqillikni talab qilmoqda — Reuters

Grenlandiya Bosh vaziri Daniyadan mustaqillikni talab qilmoqda — Reuters

Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede o‘z yangi yil murojaatida dunyodagi eng katta orolning mustaqilligi haqida gapirdi. "Mamlakatimiz uchun navbatdagi qadamni tashlash vaqti keldi. Dunyodagi boshqa davlatlar singari biz ham mustamlakachilik davrining kishanlari deb atashimiz mumkin bo‘lgan to‘siqlarni olib tashlashga harakat qilishimiz kerak", — dedi Egede.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha yil ichida Grenlandiya parlamenti va hukumati Daniyadan ajralib chiqish uchun asos bo‘lgan konstitusiyani ishlab chiqish bo‘yicha choralar ko‘rish ustida birgalikda ishlagan.

"Boshqa davlatlar bilan hamkorligimiz va savdo aloqalarimiz faqat Daniya orqali davom eta olmaydi", — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

XVIII asrdan beri Daniya mustamlakasi bo‘lgan Grenlandiya 1979 yilgi referendumdan so‘ng qirollik tarkibidagi o‘zini o‘zi boshqaradigan avtonomiyaga aylangan edi. 2009 yilda, navbatdagi referendumdan so‘ng Kopengagen Grenlandiya avtonomiyasini kengaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan. Bu qonunga ko‘ra, orol referendum muvaffaqiyatli o‘tgandan keyingina to‘laqonli mustaqillik e’lon qilishi mumkin.

Politico nashriga ko‘ra, Mute Egede mustaqillik bo‘yicha referendumni aprel oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari bilan bir vaqtda o‘tkazishga ishora qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Qo‘shma Shtatlar “butun dunyoda milliy xavfsizlik va erkinlikni ta’minlash” nuqtai nazaridan “Grenlandiyaga egalik qilish va nazorat qilish mutlaq zarurat ekanligiga ishonishini” yozgan edi. Tramp o‘zining birinchi prezidentlik davrida Daniyaga orolni sotib olishni taklif qilgan edi.

Kiritildi: 13:05 04.01.2025. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!