Grenlandiya bosh vaziri Myute Egedening fikricha, orol Daniyadan mustaqillikka erishish uchun harakat qilishi kerak.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
"Tarix va hozirgi sharoit shuni ko‘rsatdiki, bizning Daniya bilan hamkorligimiz to‘liq tenglikni yaratishga olib kelmadi. Biz oldinga siljish va kelajakni o‘zimiz qurish vaqti keldi, shu jumladan kim bilan yaqin hamkorlik qilishimiz va kim bilan savdo qilishimiz haqida", - dedi Egede.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mustaqillik haqidagi qaror Grenlandiya xalqi tomonidan qabul qilinishi kerak, ammo ovoz berish qachon o‘tkazilishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.
Reuters ta’kidlaganidek, bunday bayonotlar Arktika orolining kelajagi haqidagi ritorikada sezilarli o‘zgarish bo‘ldi.
Grenlandiya 1953 yilgacha Daniya mustamlakasi edi. Hozir u Daniyaning o‘zini o‘zi boshqaradigan hududi bo‘lib, 2009 yilda ovoz berish yo‘li bilan mustaqillikni e’lon qilish huquqini qo‘lga kiritdi. 2023 yilda Grenlandiya hukumati konstitusiyaning birinchi loyihasini taqdim etdi.