Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Google sayyoramiz 37 yil ichida qanday o‘zgarganini ko‘rsatdi (video)

Google sayyoramiz 37 yil ichida qanday o‘zgarganini ko‘rsatdi (video)

«Qidiruv giganti» taqdim etgan zo‘r loyihalardan biri – Google Earth servisidir. Kompaniya unga Yer sayyorasi 37 yilda qanday o‘zgarganligini ko‘rish imkonini beruvchi Timelapse funksiyasini qo‘shdi. Shunday qilib, sayyoradagi insonning ta’sirini aniq ko‘rish mumkin, deb yozadi UZZOOM.

«Umid qilamizki, sayyoramizning bunday ko‘rinishi muhim munozaralarni boshlaydi, yangi kashfiyotlarga hissa qo‘shadi va ba’zi global muammolar haqida odamlarning fikrlarini o‘zgartiradi», deb yozadi Google.

Xizmatda 1984 yildan 2020 yilgacha to‘plangan 24 milliondan ortiq rasm mavjud. Sun’iy yo‘ldoshlardan yig‘ilgan fotosuratlar interaktiv 4D formatida to‘plangan. Siz shaharlar qanday barpo bo‘lganini, o‘rmonlar maydoni o‘zgarganini va iqlim o‘zgarishini ko‘rishingiz mumkin.

Kiritildi: 09:47 18.04.2021. O'qildi: 3912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!