1 dekabrdan Gmail, Photos, Drive va boshqa servislarning nofaol akkauntlarini butun dunyo bo‘ylab o‘chirish boshlanadi.
Bu kompaniya serverlarida joy bo‘shatish va ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
So‘nggi ikki yilda o‘z akkauntlariga kirmaganlar Google bulutli servisida saqlanayotgan pochtasi, fotosuratlari, hujjatlari va boshqa ma’lumotlaridan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Jarayon 2023 yilning 1 dekabridan boshlanib, 2024 yilda ham davom ettiriladi.
Eski akkauntni saqlab qolish uchun xat jo‘natish, fotosuratlarni yuklash va ko‘rish, Drive orqali fayl yaratilsa yoki ochilsa kifoya.