Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Golos”da ishtirok etish mening orzuim edi

“Golos”da ishtirok etish mening orzuim edi

Rossiyaning “Perviy kanal” telekanalida namoyish qilinadigan “Golos. Deti” ko‘rsatuvida yaqinda o‘zbekistonlik ishtirokchi – toshkentlik 13 yoshli o‘smir chiqqani ma’lum bo‘ldi.

Firdavs Avezov Toshkent shahri 7-bolalar musiqa va san’at maktabi, shuningdek, V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqa maktabi o‘quvchisidir.

Firdavs bilan bog‘landik, va u 4 yoshidan boshlab qo‘shiq kuylashi haqida so‘zlab berdi.

“Golos. Deti” loyihasida ishtirok etish mening azaliy orzuim edi. Bolaligimdan bu tanlovda qatnashishni juda xohlardim”, – dedi u.

Firdavsning so‘zlariga ko‘ra, u eng ko‘p Maykl Jekson ijodidan ilhomlangan. “Golos”da esa menga birinchi navbatda raqiblar yoqdi. “Hammasi zo‘r yigitlar ekan”, dedi yosh musiqachi.

Kiritildi: 17:38 05.12.2022. O'qildi: 2673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!