"Qora Pantera" filmida rol o‘ynagan amerikalik aktyor Chedvik Bouzman 42 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktyorning tvitter-akkauntida xabar berildi.
2016 yilda Bouzmanga yo‘g‘on ichak saratonining 3-bosqichi tashxisi qo‘yilgan. U to‘rt yil davomida saraton so‘nggi to‘rtinchi bosqichga o‘tguncha kasallik bilan kurashgan. "Qora Panteradagi qirol T'Challni o‘ynash uning uchun sharaf edi", deyiladi xabarda.
TMZ xabariga ko‘ra, Bouzman Los-Anjelesdagi uyida, oila a’zolari davrasida vafot etgan. U ilgari saratonga chalingani haqida gapirmagandi.
Aprel oyida aktyor muxlislarini tashvishga solgandi, chunki u ijtimoiy tarmoqlardagi videofilmlarda juda ozg‘in ko‘rinardi. Keyin New York Post jurnalistlari aktyorning sog‘lig‘i to‘g‘risida uning vakillaridan bilib olishga harakat qilishdi, ammo javob ololmadilar.
Chedvik Bouzman "Qora Pantera" filmidagi Marvelning birinchi qora tanli superqahramoni roli bilan tanilgan. Aktyor Qirol T'Chall rolini o‘ynadi. 2018 yilda Bouzman ushbu filmdagi roli uchun mukofotlangan.