Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Gollivudni zabt etgan eng kelishgan hind aktyorlari (foto)

Gollivudni zabt etgan eng kelishgan hind aktyorlari (foto)

Har bir hindistonlik aktyor xorij sahnasini zabt etish uchun oldiga turli stereotiplarni buzish, qaroqchilar hamda taksichilar rolidan voz kechish kabi katta maqsadni qo‘yadi. Dev Patelning "Arslon" filmidagi roli uchun  “Oskar”ga nomzod etib ko‘rsatilganligi esa hindlarning Gollivudni uzoq vaqtdan buyon hayratda qoldirib kelayotganligini isbotlaydi. Xuddi bugungi qahramonlarimiz kabi...

Dev Patel

Gollivudni zabt etgan eng kelishgan hind aktyorlari (foto)

Bugungi kunda britaniyalik Dev Patel dunyodagi eng taniqli aktyor hisoblanadi. Buning sababi esa 2008 yilda jahon ekranlarini zabt etgan Mumbaydagi ko‘cha bolalari haqida hikoya qiluvchi "Xarobadan chiqqan millioner" melodramasidir. Ushbu kartina sakkizta “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan, Dev esa “BAFTA” mukofotiga nomzodga aylangan.

Anil Kapur

Gollivudni zabt etgan eng kelishgan hind aktyorlari (foto)

Anil 90 dan ortiq Bollivud filmlarida suratga tushgan, 80-yillarda eng yetakchi hind aktyorlaridan biriga aylangan.

"Xarobadan chiqqan millioner" filmidagi teleboshlovchining roli orqali AQSh va Yevropa ijodkorlarida qiziqish uyg‘otgan aktyor “Bajarib bo‘lmas topshiriq” blokbasterining davomi hamda Britaniyaning "Shaharlar" trillerida ishtirok etgan.

Manish Dayal

Gollivudni zabt etgan eng kelishgan hind aktyorlari (foto)

Tomirlarida nafaqat hind, balki fransuz qoni ham oqadigan Manish Shimoliy Karolinada tug‘ilgan va Nyu-York konservatoriyasining dramatik san’at yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. Shundan so‘ng Los-Anjelesni zabt etishga kirishgan. Reklamadagi ishtiroki seriallar bilan almashgan. Karyerasidagi eng mashhur shou "Beverli Xillz 90210" seriyali bo‘lib, aktyor unda saraton kasalligidan vafot etayotgan talaba rolini ijro etgan.

2014 yilda Manishga to‘liq metrajli filmda yana omad kulib boqqan: u Xelen Mirren bilan "Ziravorlar va shirinliklar" komediyasida iste’dodli oshpazga aylangan.

Suraj Sharma

Gollivudni zabt etgan eng kelishgan hind aktyorlari (foto)

Suraj Gollivudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri vatani Hindistondan kelgan. Surajning rejalari Amerikani zabt etishni o‘z ichiga olmagan va u aktyorlik karyerasi haqida jiddiy o‘ylamagan: u faqat bir nechta maktab sahna ko‘rinishlarida ishtirok etgan. Biroq, tayvanlik rejissyor Eng Li kasting tashkil qilganida, Surajning ukasi uni ishtirok etishga ko‘ndirgan. Sharma o‘zi kabi uch ming nomzodni ortda qoldirib, bosh qahramon rolini qo‘lga kiritgan. Qahramoni sabab esa mustaqil “Saturn” va “MTV Movie Awards” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Davomi bor...

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 22:36 17.10.2020. O'qildi: 9702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!