Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Gollivuddagi ish tashlash tufayli Emmy mukofotlari 15 yanvarga qoldirildi

Gollivuddagi ish tashlash tufayli Emmy mukofotlari 15 yanvarga qoldirildi

18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 75-Emmy televideniyesi mukofotlari Gollivuddagi aktyorlar va yozuvchilarning ish tashlashi sababli 2024-yilning 15-yanvariga ko‘chirildi. Bu haqda AP xabar berdi.

Unga ko‘ra, Fox telekanali marosimni Tinch okeani vaqti bilan 17:00 dan 20:00 gacha translyasiya qiladi.

Emmy marosimi 2001-yildan beri birinchi marta qoldirildi, bu tadbir 11 sentyabr xurujlari va 7 oktyabrda AQShning Afg‘onistondagi harbiy amaliyoti boshlanishi sababli qoldirilgan edi.

160 000 ga yaqin aktyorlar manfaatlarini ifodalovchi Amerika televideniya va kino aktyorlari federasiyasining ish tashlashi 14 iyulda boshlandi va AQSh kino sanoatidagi barcha ishlab chiqarishlarni amalda to‘xtatdi. Aktyorlar yuqori maosh va qo‘shimcha ish haqi to‘lashni, shuningdek, kino ishlab chiqarishda sun’iy intellektdan foydalanishni cheklashni talab qilmoqda.

Kiritildi: 20:46 10.08.2023. O'qildi: 1641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!