Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

GM Uzbekistan mashinalari narxini oshiradi

A A A
GM Uzbekistan mashinalari narxini oshiradi

GM Uzbekistan tomonidan O‘zbekiston bozori uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi oshadi. Bu haqda "Xalq so‘zi Online"ga "O‘zavtosanoat"dagi manba ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, yangi narxlar yangi haftadan joriy qilinishi kutilmoqda. Hozircha narxlar taxminan 10-12 foizga qimmatlashishi aytilmoqda.

"Hozircha aniq miqdor ma’lum emas. Lekin narxlardagi 10-12 foizni tashkil qilishi rejalashtirilmoqda", deydi manba.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir kun oldin kompaniyaning Rossiya bozori uchun chiqariladigan Ravon brendi avtomobillarining uchtasida narxlar oshirilgandi.

Kiritildi: 10:55 28.07.2018. O'qildi: 2075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik