Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Giyohvandlar to‘dasi"ni tashkil qilgan jinoiy guruhning qilmishlari fosh bo‘ldi (foto)

"Giyohvandlar to‘dasi"ni tashkil qilgan jinoiy guruhning qilmishlari fosh bo‘ldi (foto)

2019 yil 12 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida giyohvandlik vositalari savdosi bilash shug‘ullangan va bangixona tashkil etgan guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi.

O‘.J, J.T va M.P (ismlari o‘zgartirilgan) ismli shaxslar ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, bir guruh bo‘lib giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanish yo‘liga kiradilar.

Jumladan, sudlanuvchi O‘.J Samarqand viloyatida yashovchi M.P bilan kelishgan holda, undan har bir gramm opiy giyohvandlik moddasini 250.000 so‘mdan hisoblab, 8.88 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi opiy giyohvandlik vositasini 400 AQSh dollariga sotib olib, kelgusida qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadida, Samarqand viloyatidan yo‘lovchi mashinada Xorazm viloyatiga olib kelib, J.Tga sotgan.

J.T shu vaqtning o‘zida giyohvandlik moddasini olib, o‘zining yashab kelayotgan uyining mehmonxonasida giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun bangixona tashkil qilgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi O‘.Jga 7 yil, J.Tga 8 yil va M.Pga 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazolari tayinlandi. Shuningdek, sudlanuvchi M.P muqaddam o‘ta og‘ir jinoyati uchun 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganligi va sudlanganlik muddati o‘tmasdan yana o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi sababli Jinoyat Kodeksining 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli residivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, 2018 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat, tuman (shahar) sudlari tomonidan giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jami 162 nafar shaxsga nisbatan 108 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi

Kiritildi: 11:00 16.02.2019. O'qildi: 2317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!