Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘ijduvonlik fuqaroning jinoyati fosh bo‘ldi

G‘ijduvonlik fuqaroning jinoyati fosh bo‘ldi

Byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, G‘ijduvon tumani “Sarmijon” MFY. da yashovchi fuqaro T.J. o‘ziga tegishli xonadonning qo‘shimcha binosida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, yashirin sex tashkil etish yo‘li bilan elektr ta’minoti korxonasiga 421,7 ming so‘m zarar yetkazgan holda qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasida chigitdan olinadigan mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish va muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, tadbir davomida uyining yordamchi xo‘jaligidan bir komplekt juvoz uskunasi, 508 kg chigitdan olingan juvoz yog‘i, paxta chigiti, kunjara mahsulotlari hamda 49,8 metr kabel, 1 dona rubilnik ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan T.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi tergovga tegishlilik masalasini hal qilish uchun tuman prokuroriga yuborilgan.

Kiritildi: 09:49 09.06.2019. O'qildi: 2177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!