“O‘zbekiston Respublikasida ekskursiya xizmatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (468-son, 04.09.2026 y.) qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 dekabrdan:
🔸 Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga (Institut) gidlarga (gid-tarjimonlarga) ularning xohishiga ko‘ra havaskor, ixtisoslashgan va professional malaka toifasini berish vakolati beriladi;
🔸 malaka sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi;
🔸 gid sifatida so‘nggi 2 yil davomida faoliyat yuritmagan shaxslar malaka imtihonini qayta topshiradi.
🧾 Qaror bilan “Gidlarga (gid-tarjimonlarga) malaka toifasini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🏛 Nizomga ko‘ra, malaka toifasi ixtiyoriy asosda beriladi hamda uning mavjud emasligi gidlarning (gid-tarjimonlarning) qonunchilikda belgilangan tartibda olingan malaka sertifikati asosida faoliyat yuritish huquqini cheklamaydi.
📄 Gidlarga (gid-tarjimonlarga) quyidagi malaka toifalari beriladi:
▫️ havaskor gid malaka toifasi;
▫️ ixtisoslashgan gid malaka toifasi;
▫️ professional gid malaka toifasi;
▫️ oltin fond gidi malaka toifasi.
✉️ Malaka toifasi berishda quyidagilar inobatga olinadi:
➖ kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalar;
➖ ekskursiya xizmatlarini tashkil etish va o‘tkazish mahorati;
➖ ekskursiya ob’ektlari bo‘yicha bilim darajasi;
➖ turistlar bilan muloqot madaniyati;
➖ xorijiy tillarni bilish darajasi;
➖ kasb etikasi qoidalariga rioya qilinishi.
⭐ Talabgorga malaka toifasini berish kasbiy imtihonni topshirish natijalarining eng kam ko‘rsatkichi quyidagicha belgilanadi:
🤓 56 foizdan 70 foizgacha – havaskor gid malaka toifasi;
🤓 70 foizdan va 85 foizgacha – ixtisoslashgan gid malaka toifasi;
🤓 86 foizdan yuqori va 100 foizgacha – professional gid malaka toifasi.
Kiritildi: 13:35 07.09.2026.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.