Polisiya seshanba kuni Germaniya janubi-g‘arbidagi Bad Fridrixshall (Baden-Vyurtemberg) shahridagi muhandislik kompaniyasi binosida o‘t ochgan va u yerda ikki kishini o‘ldirgan qurolli shaxsni qo‘lga oldi.
Bu haqda Mangeymdagi huquq-tartibot idoralari matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Gumonlanuvchi Baden-Vyurtemberg polisiyasining maxsus kuchlari tomonidan Seskach mahallasida ushlangan", — deyiladi xabarda.
Bild gazetasining yozishicha, bu 52 yoshli erkak - kompaniya xodimi.
Seshanba kuni niqobli odam korxona ichida o‘t ochib, ikki kishini o‘ldirgan, yana birini og‘ir yaralagan. Shundan so‘ng u g‘oyib bo‘ldi. Uni qidirish va hibsga olish uchun katta polisiya kuchlari va vertolyot safarbar etilgan.