Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Germaniyada jirkanch ish: masjidning eshigiga cho‘chqaning kallasini osib ketishdi

Germaniyada jirkanch ish: masjidning eshigiga cho‘chqaning kallasini osib ketishdi

Germaniyaning Fayxingen Ens shahridagi “Fotih” masjidining eshigiga cho‘chqaning kallasi osib ketildi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi. 

Masjidning kuzatuv kamerlari 17 may kuni soat 23:30 da ikki kishi kelganini va masjid eshigiga cho‘chqaning kallasini osgandan keyin qochib ketganini qayd etgan. “Fotih” masjidi vakillarining aytishicha, islomofoblarning kiyimida bir firmaning nomi yozilgan bo‘lgan va ular minibusda kelgan. Ushbu voqea bo‘yicha polisiyaga xabar berilgan. 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li mazkur hodisani qoralab, bu Yevropadagi ksenofobiya va islomofobiyaning bir namunasi ekanini, bunday holatlar muqaddas Ramazon oyida ham to‘xtamayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u Germaniya huquq-tartibot organlarini huquqbuzarlarni zudlik bilan qo‘lga olishga chaqirdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 18:28 19.05.2020. O'qildi: 5743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!