Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniyada boshpana izlovchilar soni kamaydi – DW

Germaniyada boshpana izlovchilar soni kamaydi – DW

Mamlakat Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, 2026 yilning yanvar oyidan iyun oyi oxirigacha mamlakatda boshpana so‘rab 39 646 kishi birinchi marta murojaat qilgan.

Taqqoslash uchun, bir yil avval xuddi shu davrda Migrasiya va qochqinlar bo‘yicha federal idora (BAMF) 61 336 ta, 2024 yilda esa taxminan 121 000 ta shunday arizani qabul qilgan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yilda boshpana izlovchilar asosan Afg‘oniston, Suriya, Turkiya va Somalidan kelgan.

Germaniya rasmiylari mamlakatda boshpana izlovchilar soni kamayganini avvalroq ham qayd etgan edi. May oyida himoya olish uchun 5556 ta birlamchi ariza topshirilgan bo‘lib, bu so‘nggi 14 yildagi eng past ko‘rsatkichdir.

2026 yil iyun oyida Yevroittifoqda boshpana berish bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kirdi. Ular YEI tashqi chegaralarida maqomi olish uchun asoslarni majburiy tekshirishni hamda xalqaro himoya olish huquqiga ega bo‘lmaganlarni uchinchi davlatlarga deportasiya qilishning tezkor tizimini joriy etadi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 15:02 04.07.2026. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!