Germaniya shimoli-g‘arbidagi Ler (Quyi Saksoniya) shahridagi "Horror Road" attraksionida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 11 kishi jabrlandi.
Bu haqda mahalliy polisiya bayonotida aytiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uch kishi kasalxonaga yotqizilgan. Hodisa har yili Lerga yarim millionga yaqin mehmonlarni jalb qiladigan Sharqiy Frizya mintaqasidagi eng yirik xalq festivalida yuz berdi. Yong‘in tezda o‘chirildi.
Zarar sabablari va miqdori aniqlanmoqda.