Germaniyaning Elmsxorn (Shlezvig-Golshteyn) shahrida 17 yoshli Emin B. yirik teraktga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smir Rojdestvo arafasida yuk mashinasini olomon ustiga haydashni rejalashtirgan. Emin B. o‘z kuratorlari bilan portlovchi moslama ishlab chiqarish va diplomatik muassasalarga hujumlarni ham muhokama qilgan.
«Biz ko‘plab qurbonlar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan falokatning oldini oldik», dedi Germaniya prokuraturasi vakillari.
O‘smir hibsga olinishidan oldin kuzatuv ostida bo‘lgan. Amerika razvedka idoralari Germaniya huquq-tartibot idoralariga Emin B. ISHID bilan aloqador suhbat xonalarida bo‘lganligi haqida ma’lumot bergan. Xususan, u hujumlarni amalga oshirishga tayyorligi haqida yozgan va «kofirlarga» hujum qilish rejalarini ham eslatib o‘tgan.
Nemis tergovchilari uning portlovchi qurilmalar uchun butlovchi qismlarni sotib olganini va Iroq va Marokashdagi ishlovchilar bilan yozishmalarini amalga oshirganini tasdiqladi. Bundan tashqari, Emin B. keyinchalik yuk mashinasini haydash uchun bir nechta haydovchilik saboqlarini ham olgan.
Polisiya, shuningdek, tayyorlanayotgan jinoyatga sherik deb atalgan Belal R.ni Germaniyada qo‘lga oldi. Tintuv chog‘ida polisiya xodimlari uning xonadonidan tez yonuvchi materiallar, pirotexnika vositalari va elektron qurilmalarni olib qo‘yishgan.