Germaniya Ichki ishlar vazirligi boshqa qaror qabul qilingunga qadar uyg‘urlar va boshqa musulmonlar Xitoyga deportasiya qilinmasligini bildirdi, deya xabar bermoqda Süddeutsche Zeitung gazetasi.
Ma’lum bo‘lishicha, Xitoy bir muddat avval “deportasiya uchun xavfli mamlakatlar ro‘yxati”ga kiritilgan.
Aprel oyida 23 yoshli uyg‘ur qo‘shimcha murojaat qilishiga imkon berilmay Xitoyga deportasiya qilingan edi. Keyinroq uni Germaniyaga qaytarishga qaror qilindi, biroq uni Xitoydan topishning iloji bo‘lmadi.
Xitoyda musulmon uyg‘urlar tizimli ravishda bosimga uchrashi, ular maxsus “qayta tarbiyalash uchun” lagerlarga borishga majburlanishi aytiladi.
Manba: azon.uz