Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Germaniya supermarketlarida bananlar orasidan 95 kg kokain topildi

Germaniya supermarketlarida bananlar orasidan 95 kg kokain topildi

Umumiy qora bozor qiymati 7 million yevrodan ortiq bo‘lgan topilmalar Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerining Myonxengladbax, Duysburg va Krefeld shaharlarida, shuningdek, Firzen, Xaynsberg va Noys okruglarida topilgan.

Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida – Myonxengladbax, Duysburg va Krefeld shaharlarida, shuningdek, Firzen, Xaynsberg va Noys okruglarida joylashgan oziq-ovqat diskaunterining o‘n bir shoxobchasida banan qutilaridan paketlarda jami 95 kilogramm kokain topildi. Bu haqda prokuratura va Myonxengladbax polisiyasi 23 sentyabr, dushanba kuni xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari qora bozorda topilgan kokain partiyasi qiymatini 7 million yevrodan ortiqroqqa baholamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, narkotik solingan paketlar bo‘lgan banan partiyasi Janubiy Amerikadan kelgan. Polisiya va prokuratura bu partiya noto‘g‘ri tarzda supermarketlar tarmog‘iga tushib qolgan, deb hisoblayapti, uning nomi idoralar qo‘shma press-relizida keltirilmagan. Kokain kontrabandasi holati yuzasidan tergov davom etmoqda. Hozirda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, banan partiyasi dastlab dengiz orqali Antverpen portiga yetib kelgan.

Kiritildi: Bugun 06:22. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!