Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniya Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Germaniya Prezidenti O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida mamlakatimizga keldi.

Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Rasmiy tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston – Germaniya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tomonlar savdo, sanoat kooperasiyasi, energetika va “yashil” texnologiyalar, transport va logistika, farmasevtika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratadilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar doirasida bir qator yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:11 17.06.2026. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!