Germaniya 2025-2028 yillar oralig‘ida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) faoliyatini moliyalashtirish uchun 360 million yevro ajratadi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 14 oktyabr, dushanba kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash sammitida ma’lum qildi.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus Germaniya hukumati rahbariga minnatdorchilik bildirdi.
«Biz Germaniyaning JSSTni kelgusi to‘rt yil ichida 400 million dollarga yaqin mablag‘, jumladan, 260 million (dollar, konvertasiya qilinganda 238 million yevro)ni yangi ixtiyoriy badallar sifatida ajratish majburiyatini olqishlaymiz», – deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
JSST Sholsdan boshqa mamlakatlarni uni qo‘llab-quvvatlashga safarbar etishdagi roli uchun minnatdor ekanligi bildirildi.