Germaniya Isroilni qurol-yarog‘ bilan ta’minlaydi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Isroilga G‘azo sektori va Livandagi davom etayotgan harbiy hujumlari uchun qo‘shimcha qurol yetkazib berishni va’da qildi.
«Ta’minot berilmoqda va har doim keyingi yetkazib berishlar bo‘ladi. Isroil bunga tayanishi mumkin», dedi Shols parlamentdagi chiqishida. Kansler Germaniya Isroilni «mamlakatini himoya qilish holatida» ushlab turishi kerakligini aytdi.
«Isroil bizning birdamligimizga tayanishi mumkin - hozir va kelajakda», - deya qo‘shimcha qildi u.