Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniya hukumati "Tolibon" bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi — manba

Germaniya hukumati "Tolibon" bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi — manba

Germaniya BND razvedkasi GFR hukumati va "Tolibon" radikal harakati vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkillashtirdi. Bu o‘tgan shanba kuni Dohada bo‘lib o‘tdi va sir saqlandi. Bild gazetasidagi manbaga ko‘ra, AQSh hukumati uchrashuvga rozi bo‘lgan.

Nashrning yozishicha, Germaniyaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Yasper Vik "Tolibon" bilan gumanitar tashkilotlarning xavfsizligini kafolatlash borasida muzokara o‘tkazishga uringan. Germaniya xalqaro kuchlarning Afg‘onistondagi operasiyasi paytida Bundesverga yordam bergan mahalliy aholi taqdiridan ham xavotirda.

Ayni paytda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistondagi missiyasi "Tolibon"ni juma kuni BMTning Hirotdagi asosiy qarorgohiga qilingan hujumni tergov qilishga chaqirdi. Hujum oqibatida afg‘on qo‘riqchisi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 21:46 01.08.2021. O'qildi: 2607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!