Germaniya Bundesverning umumiy sonini amaldagi harbiy xizmatchilar va rezervchilarni qo‘shgan holda 460 ming kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda GFR mudofaa vaziri Boris Pistorius yangi harbiy strategiyani taqdim etish chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi Der Spiegel.
«Ushbu strategiyada vazir amaldagi harbiy xizmatchilar sonini kamida 260 ming nafarga yetkazish maqsadini saqlab qolgan. Rezervdagilar bilan birgalikda armiya safi kamida 460 ming erkak va ayolgacha kengayishi kerak», — deyiladi maqolada.
Pistorius Berlinning asosiy maqsadi — Bundesverni «Evropadagi eng kuchli armiya»ga aylantirish ekanini alohida ta’kidladi.