Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Genetikasi o‘zgartirilgan bolalarni yaratgan xitoylik olimga o‘lim jazosi xavf solmoqda

Genetikasi o‘zgartirilgan bolalarni yaratgan xitoylik olimga o‘lim jazosi xavf solmoqda

Xitoyda bolalarning embrionlarini o‘zgartirib, ularning genetikasini o‘zgartirgan olim atrofidagi mojarolar yangidan avj olgan. Bu haqda Vesti.ru xabar berdi.

Xe Szyankuy ushbu mojarolar haqida o‘tgan yilning so‘ngida ma’lum qilgan. Shenchjen shahrida qamoqda saqlanayotgan tadqiqotchiga o‘lim jazosi xavf solmoqda. Ajablanarli tomoni, u aslida fizik, demakki, unga bu tadqiqotni amalga oshirishda sheriklari va hamkasblari yordam bergan, buni aniqlash esa sud qaroriga bog‘liq.

Ayblov korrupsiya moddasi bo‘yicha qo‘yilishi mumkin. Olim o‘z ishlanmasini sotish huquqiga ega bo‘lganmi va mazkur tadqiqot uchun moliyalashtirish manbalarini qayerdan olgan, degan savol vujudga keladi.

XXR sog‘liqni saqlash tizimi olimning tajribalaridan xabardor bo‘lmagan. Olimning qayd etishicha, uning maqsadi bolalarda OIVga immunitetini shakllantirish bo‘lgan.

Kiritildi: 11:16 09.01.2019. O'qildi: 2104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!