Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

G‘azodan Isroilga otilgan to‘rtta raketadan bittasi G‘azo chegarasiga tushgan

G‘azodan Isroilga otilgan to‘rtta raketadan bittasi G‘azo chegarasiga tushgan

G‘azo sektoridan Isroilga otilgan to‘rtinchi raketadan deyarli bittasi G‘azo sektori chegaralariga  tushdi.  Bu  haqda  brifingda  Isroil  mudofaa  kuchlari  matbuot  kotibi Yonatan Konrikus ma’lum qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Amaliyot boshlangandan beri G‘azo sektoridan otilgan raketalarning umumiy soni 1800 tani tashkil etadi, bizning ma’lumotimizga ko‘ra, ushbu raketalarning  430 tasi G‘azo sektoriga tushgan", - deya Konrikus so‘zlarini keltirmoqda agentlik.

Xuddi shu brifingda u Isroil qurolli kuchlari tunda Falastin anklavi hududiga eng katta hujumni uyushtirganligini aytdi: 150 samolyot G‘azo sektoridagi  nishonlarga 40 daqiqa davomida zarba berdi, operasiyada quruqlikdagi qismlar ham qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, 14 may kuni "Qizil yarim oy" shifokorlari Falastin va Isroil o‘rtasida o‘tgan kun davomida avj olgan vaziyat paytida Falastin hududlarida 349  kishi jarohat olgani haqida xabar berishdi.

10 maydan beri Isroil armiyasi va G‘azo sektoridagi falastinlik radikallar raketa zarbalari almashishni to‘xtatmayapti. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu  operasiya zarur bo‘lgan vaqtgacha davom etishini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:26 14.05.2021. O'qildi: 2797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!