Buyuk Britaniya Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi yangi operasiyasi tufayli Isroil bilan erkin savdo bitimi tuzish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.
Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, London Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu gumanitar yordam yetkazib berishni to‘sib qo‘ygani, shuningdek, anklavda jangovar harakatlarni kengaytirayotgani sababli shunday qadam tashlagan.
Lemmining qo‘shimcha qilishicha, Britaniya TIVga Isroil elchisi Sipi Xotoveli chaqiriladi.