Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

G‘azoda urush boshlangandan beri AQSh Isroilga 17,9 milliard dollar berdi

G‘azoda urush boshlangandan beri AQSh Isroilga 17,9 milliard dollar berdi

2023 yil 7 oktyabrdan, ya’ni Yaqin Sharqda mojaro avj olgandan buyon Qo‘shma Shtatlar Isroilga 17,9 milliard dollar harbiy yordam ko‘rsatdi. Ushbu ma’lumot Braun universiteti hisobotida keltirilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, bu miqdor jangovar harakat boshlangandan keyingi bir yil uchun eng ko‘p hisoblanadi.

Mazkur ko‘makning asosiy qismi havo hujumida ishlatiladigan o‘q-dori, jumladan bir tonnaga yaqin qopqoqni teshuvchi o‘q-dori va boshqariladigan raketadan iborat.

Bundan tashqari Isroilning “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimi uchun 4 milliard dollar ajratilgan. Hisobotda, shuningdek, Ukrainaga davlat tomonidan ajratilgan mablag‘dan farqli o‘laroq, AQSh 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilga aynan qanday harbiy yordam ko‘rsatilgani tafsiloti oshkor qilinmagani ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, Prezident Jo Bayden ma’muriyati ajratilayotgan yordamning to‘liq miqdori va turini yashirishga harakat qilmoqda. 7 oktyabrdan beri AQSh Yaqin Sharqdagi “harbiy amaliyot”, jumladan Yamandagi xusiylarga qarshi 4,86 milliard dollar sarfladi.

AQSh Isroilning 1959 yildan beri 251 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatgan eng yirik donoridir. 1999 yildan buyon Qo‘shma Shtatlar har yili Isroilga harbiy yordam ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich 1999 yil 2.7, 2019 yil 3,8 milliard dollarga ko‘tarilgan.

Kiritildi: 09:57 08.10.2024. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!