Isroilning G‘azoga keng ko‘lamli harbiy tajovuzi boshlanganidan beri 201 jurnalist urush zonasida o‘z ishini olib borish chog‘ida halok bo‘ldi.
Bu xurujlar nafaqat qurbonlar oilalari uchun fojia, balki xolis axborot olish huquqi va butun xalqaro media hamjamiyatiga zarbadir.
G‘azodagi jurnalistlar ommaviy axborot vositalari tarixida birinchi marta bunday dahshatli qirg‘inlarni boshdan kechirmoqda. Isroilning urush jinoyatlari uzoq yillar davomida so‘z erkinligini himoya qilishni asosiy qadriyat deb e’lon qilgan Qo‘shma Shtatlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshdi.
Xalqaro gumanitar va jurnalistlar hamjamiyatlari Isroilni sionistik terrorizm tomonidan sodir etilgan vahshiyliklarga oid haqqoniy ma’lumotlar oqimini yo‘q qilish maqsadida jurnalistlarning maqsadli va qasddan o‘ldirilishi uchun javobgarlikka tortishga chaqirmoqda.