Isroil armiyasi “Gideon aravalari” operasiyasi doirasida G‘azo sektorida keng ko‘lamli yer usti harakatlarini boshlaganini e’lon qildi.
SAXAL bayonotida aytilishicha, so‘nggi bir hafta davomida Isroil harbiy-havo kuchlari “dastlabki hujum to‘lqinini amalga oshirib, G‘azo bo‘ylab HAMASga tegishli 670 dan ortiq terrorchilik ob’ektlarini nishonga olgan” va G‘azodagi harbiylarni doimiy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.
Isroil bosh vaziri devoni maslahatchisi Dmitriy Hendelmanning so‘zlariga ko‘ra , Isroil “Gideon aravalari” operasiyasining hal qiluvchi bosqichiga boshlangan.
"SAXAL o‘z operasiyasi doirasida, agar yaqin kunlarda HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, G‘azo sektoridagi tinch aholini to‘rtta bosib olingan hudud bilan ajratilgan uchta hududga majburan ko‘chirishni rejalashtirmoqda", deb yozmoqda The Sunday Times.
Isroil harbiylari tomonidan e’lon qilingan operasiya boshlanishiga javoban garovga olinganlar oilalari shtabi ogohlantirish berib, bu harakatlar “tirik garovdagilar halok bo‘lishiga va halok bo‘lganlarning jasadlarini qaytarish imkoniyatining yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligini” bildirgan.
HAMAS nazorati ostidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat shimolidagi uchta davlat kasalxonasi faoliyatini to‘xtatgan. Xabar berilishicha, tungi hujumlar oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo‘lgan, so‘nggi bir hafta ichida esa Isroilning harbiy hujumlari natijasida 464 nafar falastinlik qurbon bo‘lgan.