Bugun 19 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

G‘azo sektorida qurbonlar soni ortib bormoqda

A A A
G‘azo sektorida qurbonlar soni ortib bormoqda

Anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 7-oktabrdan beri Isroil harbiylarining G‘azoga uyushtirgan hujumlarida kamida 42 519 kishi halok bo‘ldi va 99 637 kishi yaralandi.

So‘nggi 24 soatlik hisobot davrida 19 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 91 nafari yaralandi.

  • Livandan uchirilgan uchuvchisiz samolyot Netanyaxuning Tel-Aviv shimolidagi Kesariyadagi qarorgohiga zarba berdi.
  • Isroil xavfsizlik xizmatlari Kesariyadagi uchuvchisiz samolyot hujumini juda jiddiy xavfsizlik xatosi sifatida baholadi va tergov boshlandi.
  • G‘azo markazidagi Dayr al-Balohdagi Mag‘ozi qochqinlar lageridagi uyga Isroil harbiylari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi.
  • Livan hukumati Isroilning poytaxt Bayrut shimolidagi Juniyeh shahrida uyushtirgan zarbasi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
  • Hizbulloh Isroil shimolidagi Isroil harbiy bazasiga zarba berganini aytdi.
Kiritildi: Bugun 17:24. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!