Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi hujumlari 2023-yil oktabr oyida boshlangan mojarodan beri falastinliklarning qurbon bo‘lganlar sonini 45,600 ga yaqinlashtirdi.
Bunday ma’lumotlar sektor Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilindi.
“2023-yil oktabr oyidan beri Isroilning G‘azodagi harakatlari qurbonlari soni 45 581 kishiga yetdi, yana 108 438 kishi jarohat oldi”, — deyiladi hisobotda.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, so‘nggi 24 soat ichida Isroil tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida anklavda 28 falastinlik halok bo‘lgan, 59 nafari yaralangan.