Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik». Bir guruh ayollar Qo‘qon hokimiyati oldida yo‘lni to‘sishdi

«Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik». Bir guruh ayollar Qo‘qon hokimiyati oldida yo‘lni to‘sishdi

Qo‘qonda 10 dan ortiq xotin-qizlar uylarida gaz va elektr energiya yo‘qligi sabab shahar hokimiyati oldidagi yo‘lni to‘sishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video tasvirda mutasaddilarga murojaat qilinsa-da, ular eshitmayotgani ta’kidlangan.

«Hokimiyat atrofida yashovchi ayollar hokimiyat binosi oldidagi yo‘lni to‘sayapti. Chunki uylarida gaz, svet yo‘q. Mutasaddi xodimlarni bir necha marotaba chaqirdik, lekin ular bizni eshitishni istamadi. Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik, haqiqatdan ham», – deydi video tasvirga olgan ayol.

Ayollar yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan haydovchilarga qarata, «urib ketishingiz mumkin bemalol, to‘yib ketganmiz, baribir uy sovuq», deydi. Tasvir so‘nggida YPX xizmati avtomashinasi yaqinlashayotgani aks etgan.

Kiritildi: 13:12 28.12.2020. O'qildi: 3550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!