Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Gaz hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani aniqlandi

Gaz hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani aniqlandi

23-24 fevral kunlari ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minotidan uzilib qo‘yilganligi hamda elektron gaz hisoblagich o‘rnatilgan xonadonlarda gazning avtomatik tarzda o‘chib qolishi va to‘lov mavjud bo‘lganiga qaramay tarmoqqa qayta ulanish muammolari  ko‘plab keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Aholi gaz ta’minoti idoralarida erta tongdan kechgacha navbatda tursa ham muammosi hal bo‘lmay qolgani  uchun bunday e’tiroz bildirishga majbur bo‘lgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati ma’lum qilishicha (https://consumer.uz/faoliyat/murojaat-tahlil-va-natija/rasmiy-munosabat-3/), Agentlik o‘z vakolati doirasida Toshkent viloyatining Toshkent  va Yangiyo‘l tumanlaridagi vaziyatni joyiga chiqqan holda o‘rganib, muammolarni barataraf qilish yuzasidan bir qator tezkor tadbirlarni amalga oshirdi.

Muammo sabablarini o‘rgangan holda, Agentlikning Toshkent viloyati hududiy tuzilmasi tomonidan “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filialiga tabiiy gazni yetkazib berishda iste’molchilarning ortiqcha ovoragarchiligiga sabab bo‘luvchi omillarni tezkor ravishda bartaraf qilish to‘g‘risida so‘rov xati yuborildi va shu kunning o‘zida 150 nafarga yaqin iste’molchilarni gaz ta’minotiga qayta ulanishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagichlarning avtomatik tarzda o‘chib qolishi bo‘yicha murojaatlarni o‘rganish doirasida elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani va mazkur dalolatnoma asosida “CSV” bazasiga ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilganini aniqladi.

Buning oqibatida bir nechta xonadondagi hisoblagichlar bo‘yicha seriya raqami  bazaga bir xil kiritilgan bo‘lib,  bu holat bitta qarzdor abonent bilan bir qatorda, boshqa haqdor abonentlarning ham tarmoqdan o‘chirilishiga olib kelmoqda.

Kiritildi: 15:16 27.02.2021. O'qildi: 2639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!