Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Gaz hisoblagichlarni laboratoriyadan o‘tkazish pullikmi yoki bepulmi?

A A A
Gaz hisoblagichlarni laboratoriyadan o‘tkazish pullikmi yoki bepulmi?

— Gaz hisoblagichlarni laboratoriyadan o‘tkazish pullikmi yoki bepulmi? Agar pullik xizmat bo‘lsa kim tomonidan o‘tkazib kelinadi laboratoriya? (E.S. Andijon viloyati, Bo‘z tumani)

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga muvofiq tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini ta’mirlash va davlat qiyoslovidan o‘tkazish sarf-xarajatlari hisobga olish pribori mulkdori tomonidan qoplanadi.

Bunda hisobga olish pribori iste’molchi tomonidan sotib olinib o‘rnatilgan bo‘lsa, uning mulkdori iste’molchi bo‘ladi, aks holatda u gaz ta’minoti tashkilotiga tegishli bo‘ladi.

Tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish metrologiya xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Kiritildi: 09:27 27.08.2018. O'qildi: 1952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik