Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

G‘ayrioddiy qo‘rquv erkakni butunlay oynadan voz kechishga majbur qildi

G‘ayrioddiy qo‘rquv erkakni butunlay oynadan voz kechishga majbur qildi

Britaniyalik Stiven Gillat oynada aksini ko‘rganda sodir bo‘ladigan holati va vahimasi haqida gapirdi.

Hodisa haqida Metro xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, aynan shu holat uni ko‘zgulardan butunlay voz kechishiga sabab bo‘lgan.

Stvenning so‘zlariga ko‘ra, bunday fobiya unda to‘rt yil avval paydo bo‘lgan. Buning sababi asab buzilishi edi.

O‘shandan beri u o‘z aksiga qaramaslikka harakat qiladi. Sartaroshxona ko‘zgulari oldida ko‘zlari yumulgan holda o‘tiradi. Do‘kon oynalari oldidan esa boshini teskari qilib o‘tib ketadi.

Stivenning fikriga qaraganda, u oynadagi aksida faqat hayotda yutqazgan va hissiy jihatdan nogiron insonni ko‘radi va bu vahima hujumlariga sabab bo‘ladi.

Aytgancha, u suratga tushishni ham yoqtirmaydi.

Kiritildi: 05:23 23.03.2019. O'qildi: 2010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!