Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Garovsiz kredit bormi?

A A A
Garovsiz kredit bormi?

Kredit olib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Lekin buning uchun garovga qo‘yadigan mulkim ham, kafil bo‘ladigan odam ham yo‘q. Kreditni qanday olsam bo‘ladi?

Lobar ERGASHEVA.

Qarshi tumani

Farhod YODGOROV,

Xalq banki Qashqadaryo viloyat boshqarmasi kredit bo‘limi boshlig‘i:

— Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustaxkamlash soxasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon bilan tartibga solinadi.

Farmonga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot yetishtirish va tikuvchilik bilan shug‘ullanish uchun banklar tomonidan tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari tomonidan beriladigan tavsiyanoma asosida aholiga 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan eng kam ish haqining 150 baravari miqdorigacha yillik 8 foiz stavkada 3 yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.

Bunda banklar ichki kredit siyosatiga muvofiq, qarz oluvchilarga ta’minot turlaridan birini (garov, kafil, sug‘urta polisi) talab qilinadi. Mazkur mikrokreditlar kredit evaziga sotib olinayotgan asbob-uskunalar (xizmatlar) yetkazib berilgandan so‘ng pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.

Kiritildi: 18:23 13.06.2019. O'qildi: 4282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!