Isroil Mudofaa Kuchlari ilgari G‘arbiy Sohilda Isroil askarlari va tinch aholisiga hujum qilgan uch nafar jangari yo‘q qilindi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati e’lon qildi.
"Bugun ikki terrorchi Itamar aholi punkti yaqinida yong‘inni o‘chirish paytida Isroil fuqarosiga hujum qilib, pichoqladi. Yana bir terrorchi Ganim mahallasida Isroil armiyasi askarini pichoqladi", deyiladi bayonotda.
Tinch aholi va askar kasalxonaga yotqizilgan.
Keyinchalik operasiya davomida Isroil qo‘shinlari uch nafar jangarini o‘ldirdi.
"Isroil armiyasi aksilterror operasiyalarini o‘tkazishda va Yahudiya va Samariya (G‘arbiy Sohil) bo‘ylab aholini himoya qilishni kuchaytirish choralarini amalga oshirishda davom etadi", deb xulosa qildi Isroil armiyasi.