Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Nablus va Ramallohga bostirib kirishdi: Muhammad Hoshiya ismli bola o‘ldirilgan

G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Nablus va Ramallohga bostirib kirishdi: Muhammad Hoshiya ismli bola o‘ldirilgan

Bombalanayotgan G‘azo: 263-kunning asosiy voqealari.

Kecha Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 263 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar Mag‘ozi va Nuseyrat lagerlarida qirg‘inlar uyushtirdi, Xon Yunus va Rafahga hujum qildi, o‘nlab odamlarni o‘ldirdi. Urush boshlanganidan buyon shahid bo‘lganlar soni 36 627 kishiga yetdi.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Nablus va Ramallohga bostirib kirishdi. 30 dan ortiq falastinlik hibsga olindi. 12 yoshli Muhammad Hoshiya ismli bola o‘ldirilgan. Sionistlar futbol mashg‘ulotlaridan qaytayotgan Muhammadning qorniga qarata o‘q uzgan.
▪️Bosqinchi tanklar YUNRVAning ko‘chirilganlar joylashgan ikkita maktabiga, Plyaj lageri va G‘azo markaziga o‘t ochdi.
▪️Al-Quds brigadalari Ashkelon, Sderot va Milsimga hujum uyushtirdi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Hayfadagi harbiy bazaga hujum qildi.
▪️Turkiya ommaviy axborot vositalari: Isroil Xalqaro jinoiy sud Netanyaxu va Gallantni hibsga olishga order berishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
▪️HAMAS yetakchisi Ismoil Xoniyaning singlisi G‘azo g‘arbidagi Beach lageriga uyushtirilgan hujum payti shahid bo‘ldi. Bosqinchilar shu vaqtga qadar Xoniyaning 60 dan ortiq qarindoshlarini, jumladan, 3 o‘g‘li va nevaralarini o‘ldirishdi.

▪️AQSh Demokratik partiyasining AQSh Senati va Vakillar palatasidagi ko‘plab a’zolari Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning 24 iyulga belgilangan AQSh Kongressidagi nutqini boykot qilishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 06:21 26.06.2024. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!