G‘arbiy Afrika davlatlaridan biri Ganada vabo epidemiyasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi.
Gana Sog‘liqni saqlash xizmati (GHS) yozma bayonotida, vabo epidemiyasi 2024 yilning oktyabr oyidan beri mamlakatning 5 viloyatida tarqalishda davom etganini bildirdi.
Bayonotda aytilishicha, bu viloyatlarda 4850 gumon vabo kasalligi aniqlangan. Qayd etilishicha, epidemiya oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetgan.
Hukumat epidemiyaga qarshi emlash kampaniyalarini davom ettirmoqda, poytaxt Akkrada epidemiya sababli 41 kishi davolanish uchun qabul qilindi.