Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

G‘alla sotib olishga aylanma mablag‘ uchun 800 milliard so‘m miqdorida kredit resurslari ajratiladi

G‘alla sotib olishga aylanma mablag‘ uchun 800 milliard so‘m miqdorida kredit resurslari ajratiladi

“O‘zdonmahsulot” o‘zi ham, 43 ta korxonasi ham yangi bozor sharoitlarida ishlashga o‘rganishi shartligi ta’kidlandi.

Bundan buyon, “O‘zdonmahsulot” korxonalari ham, xususiy korxonalar ham un ishlab chiqarishga bug‘doyni birja orqali bozor narxida sotib olishi belgilandi.

Ularga g‘alla sotib olishga aylanma mablag‘ uchun 800 milliard so‘m miqdorida kredit resurslari ajratiladi.

Shu bilan birga, viloyat hokimlari zamonaviy, ixcham, energotejamkor un ishlab chiqarish korxonalarini ko‘paytirishi zarurligi qayd etildi.

Klaster tomonidan g‘alla ekish uchun yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha Buxoro tajribasini barcha hududlarda joriy qilib, g‘alla maydonlarini kengaytirish va hosildorlikni oshirish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

Viloyat hokimlari oldiga chekka va olis qishloqlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Kiritildi: 17:39 11.05.2022. O'qildi: 1909 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!