Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

G‘alayon! AQShning 25 shahrida komendantlik soati joriy etildi

G‘alayon! AQShning 25 shahrida komendantlik soati joriy etildi

AQShning Minneapolis shahrida polisiya tomonidan afro-amerikalik Jorj Floyd o‘ldirilganidan keyin g‘alayon ko‘tarilgani haqida xabar bergandik. Natijada 16 shtatning kamida 25 shahrida komendantlik soati joriy etildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya kuchlari ko‘plab shtatlarda norozilik namoyishi boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rishda davom etdilar.

Kanalga ko‘ra, komendantlik soatlari e’lon qilingan so‘nggi shaharlardan biri — Chikago. Mayor Lori Laytfut namoyishchilar do‘kon derazalarini sindirib, narsalarni o‘mara boshlaganidan keyin bayonot berdi.

“Tinch norozilik sifatida boshlangan namoyish endi jinoiy xulq-atvorga aylandi”, — deya izohlaydi u.

Kiritildi: 18:25 31.05.2020. O'qildi: 3377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!