Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

G8, G7 yoki G6+1? Hamma bir tomon, Tramp boshqa tomon

A A A
G8, G7 yoki G6+1? Hamma bir tomon, Tramp boshqa tomon

Xitoyning Sindao shahrida SHHT davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda Kanadaning La Malbe shahrida “Katta yettilik” G7 sammiti ham bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi "Sputnik".

Qizig‘i shundaki, AQSh prezidenti Donald Tramp sammitni barchadan oldin tark etdi va yo‘l-yo‘lakay uning yakunlarini tasdiqlamasligini ma’lum qildi.

Hammaga ma’lumki, sammit arafasida AQSh bir tomonlama tartibda Eron yadroviy shartnomasidan chiqdi. Undan tashqari barcha mamlakatlar, jumladan o‘zining yevropalik hamkorlari va hatto Kanada uchun ham alyuminiy va po‘lat uchun bojlar joriy qildi. Bir yil oldin esa AQSh yakka tartibda Parijda imzolangan ekologiya shartnomasidan ham chiqib olgan edi.

G7 mamlakatlari orasida AQShning bunday “yakkaxonligi” albatta keskin qarshi olindi. Ayniqsa Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Kanada prezidenti Jastin Tyurdolar sammit oldidan, Tramp bilan oxirigacha kurashishga tayyor ekanligini bildirishgan edi. Germaniya kansleri Angela Merkel ham Eron yadroviy dasturi borasidagi AQSh pozisiyasiga nisbatan keskin fikrlar bildirgan edi.

Natijada guyoki hammaning roziligi bilan e’lon qilingan kommyunikega nisbatan AQShning munosabati tushunarsiz bo‘lib qoldi. Singapurga Kim Chen In bilan uchrashish uchun uchib ketayotgan Donald Tramp Kanada prezidenti “unga noto‘g‘ri faktlar keltirgani” va u “o‘z yordamchilariga ushbu kommyunikga rozi bo‘lmaslikni topshirgan” haqida xabar qildi.

G7ning yakuniy Kommyunikesida aytilishiga ko‘ra, barcha a’zolari o‘zaro erkin savdo-sotiq, Eronni raketalar uchirmaslikka chaqirish haqida kelishib olishgan. Shuningdek ular Suriya hukumatini kimyoviy quroldan foydalanishda va Rossiyani Suriya rejimini qo‘llab-quvvatlashda, “Skripalni zaharlashda” ayblashgan.

G7 yoki G8?

AQSh rahbari sammitda yana bir fikrni e’lon qildi. Xususan, u  Rossiyada ushbu kengashga qaytarishni va uni yana G8 formatiga qaytarishni taklif qildi. Tramp aytishiga qaraganda “Bu butun dunyo uchun foydali bo‘lardi”.  

Xitoyning Sindao shahrida bo‘lgan Vldimir Putin ushbu xabarga xotirjamlik bilan munosabat bildirdi.

“Biz u tashkilotdan chiqqanimiz yo‘q. Hamkasabalarimizning o‘zlari bir vaqtlar Rossiyaga kelishdan bosh tortgan edi. Marhamat, kelishsin Moskvaga, biz ularni ko‘rishdan xursand bo‘lamiz”, — dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, bir vaqtlar ushbu tashkilot "G8", ya’ni "Katta sakkizlik" deb atalar edi. 2014 yilda Ukrainada hukumat o‘zgarishi va Qrimning Rossiyaga qo‘shilishidan, keyin Rossiya G8 davlatlari Rossiyani Qrimni "anneksiya qilishda" ayblab, Moskvaga sammitga kelishdan bosh tortishgan edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga qarganda, ayni damda Rossiya uchun G8 klubida ishtirok etishning dolzarbligi qolmagan. O‘tgan davr mobaynida Rossiya SHHT va G20 klublari doirasi o‘zining munosib o‘rnini topgan.

 

Kiritildi: 18:35 10.06.2018. O'qildi: 1953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik