Rossiyalik aralash yakkakurashchi Fyodor Yemelyanenko Bellator bosh sovrini uchun og‘ir vazndagi jangchilar orasida bo‘lib o‘tgan jangda Rayan Beyderga mag‘lub bo‘ldi, deb xabar qilmlqda RIA Novosti.
Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan jangda, Beyder o‘ng qo‘li bilan Fyodorning yuziga kuchli zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Zarba Fyodorning nokaut bo‘lishiga va ko‘zi ostida terisi shikastlanishiga olib keldi. Jang 30 soniya davom etdi. Shundan so‘ng referi jangni to‘xtatdi.
JUST LIKE THAT!!!! ??@RyanBader with the HUGE KO against Fedor Emelianenko!#Bellator214 pic.twitter.com/7fm2XFY1zh
Bellator MMA (@BellatorMMA) 27 yanvarya 2019 g.
Belashuvdan so‘ng Fyodor Yemelyanenko uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilmaganligini xabar qildi. 42 yoshli Yemelyanenko uchun bu oltinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. O‘z karyerasi davomida Fyodor 38 marta g‘alabaga erishgan. 27 yoshli Beyder esa 27 g‘alaba va 5ta mag‘lubiyatga uchragan.